Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ruslan Nurudinovdan ikki yillik taqiqning olib tashlangani ma’lum qilindi.Olimpiadadagi o‘rni ham bekor qilindi
5.01.2021 10:54,  
638

Antidoping qoidalarini buzganligi sabab ikki yilga sportdan chetlashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinovdan taqiq olib tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov Daryo.uz ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shahrullo Mahmudovning aytishicha, Ruslan Nurudinov London—2012 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan to‘rtinchi o‘rin bekor qilingan, xolos.

«Ruslan 2018 yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasiga ko‘ra sportdan chetlatilgan edi. O‘tgan ikki yil ichida Sport arbitraj sudiga zarur hujjat va ma’lumotlarni yetkazish ishlari bilan Ruslanning nomidan advokatlar shug‘ullandi. Ruslanning 2012 yildan keyin ishtirok etgan barcha musobaqalari hamda Rio Olimpiadasida topshirgan qoni qayta tekshirildi va hammasi toza chiqdi. Natijada, u 2012 yili bo‘lib o‘tgan London Olimpiadasida egallagan to‘rtinchi o‘rin bekor qilindi, xolos. Qolgan barcha medallari va rekordlari o‘zida saqlanib qolindi. Sud xulosasiga ko‘ra, 2020 yilning 17 dekabr kuni Ruslandan ikki yillik taqiq olib tashlandi. U endilikda musobaqalarda qatnashishi mumkin», — deydi Mahmudov.

Federasiya rasmiysi og‘ir atletikachi Tokio Olimpiadasida ishtirok etolmasligi sababiga ham to‘xtaldi.

«Ruslan ikki yil taqiqda bo‘lgan davrda, ya’ni 2019-2020 yillarda Tokio—2020 Olimpiadasiga lisenziya beradigan bir qancha musobaqalarda qatnasha olmadi. Hozir oldinda lisenziya beradigan yana bitta musobaqa turibdi. Agar Ruslan shu musobaqada qatnashib, kattaroq ochko olgan taqdirda ham u lisenziyani qo‘lga kiritolmaydi. Chunki uning ochkosi Tokio—2020 Olimpiadasida qatnashish uchun yetmaydi va u ishtirok etolmaydi».

Shahrullo Mahmudovning ta’kidlashicha, hozirda Ruslan Nurudinov 2020 yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Ikki yil ichida Ruslanni yolg‘iz tashlab qo‘yganimiz yo‘q. Uni ham ma’naviy, ham moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdik. Hozir ham xuddi shunday. U ayni paytda aprel oyida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Osiyo chempionatiga jiddiy tayyorlanyapti. Shuningdek, Ruslan bilan 2022 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari va Parij—2024 Olimpiya o‘yinlariga ham tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz», — dedi Shahrullo Mahmudov.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning dekabr oyida London Olimpiadasidagi doping tahlillari natijasida besh nafar og‘ir atletikachi, shu jumladan, Ruslan Nurudinov ham sportdan chetlatilishi haqida xabar qilingandi.

Nurudinov Londondagi Olimpiya o‘yinlarida 105 kilogramm vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2016 yilgi o‘yinlarda siltab ko‘tarishda Olimpiya rekordini (237 kg) qayd etgan holda oltin medalga ega chiqqandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан