Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rustam Azimovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
25.06.2019 16:38,  
33

Rustam Baxtiyorovich Xoliqov «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi direktorlar Kengashining 2019 yil 20 iyundagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq «O‘zbekinvest» EIMSK bosh direktorining eksport oldi va eksport sug‘urtasi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekinvest» EIMSK axborot xizmati xabar bermoqda.

Rustam Xoliqov bungacha qadar «Xalq sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil yozida bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Rustam Azimov «O‘zbekinvest»ga rahbar etib tayinlangandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 maydagi 4337-sonli «Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq kompaniya tuzilmasida bosh direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan edi.

Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari xizmat vazifasi eksportni sug‘urtalash orqali qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompaniya faoliyatini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан