Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Rux (sink) moddasi organizm uchun nega kerak?
16.10.2020 18:03,  
4569

Rux (sink) qanday mineral? Bu haqda O‘zbekiston telekanalidagi "Oydin hayot LIVE" dasturida shifokor-valeolog Baxtiniso Azimboyeva ma’lumot berdi. 

Rux mikroelementi organizmdagi metall hisoblanadi. Demak, organizmgayam metall kerak ekan. 

Organizmni baquvvat qilib ushlab turadigan narsa bizning gormonal holatimizdir. Bunda ruxning o‘rni nihoyatda muhim. Masalan, organizmda testosteron gormoni ishlab chiqarilishida rux faol ishtirok etadi. 

Spermatozoidlar ishlab chiqarilishida ruxning ahamiyati katta. Gormonlarning yetishmasligi jiddiy salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Masalan, ayollarda gormonal buzilishlarni kayfiyat tez-tez o‘zgarishida ko‘rish mumkin. Erkaklarda esa disgormonal prostatapiya kasalligi yuzaga kelishida rux yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Rux insulin ishlab chiqarilishida qatnashadi. Bugungi kunda qandli diabet bilan kasallanganlarda ushbu mikroelement yetishmaydi. 

Somatotropin gormoni bu o‘sish gormoni bo‘lib, rux mikroelementi organizmda ushbu gormon ishlab chiqarilishiga yordam beradi. 

Rux tanani tashqi tarafdan keladigan salbiy radial nurlardan ham himoyalaydi.  

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан