Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ruxsat etish xususiyatiga ega qator hujjatlar bekor bo‘lmoqda
24.08.2020 21:33,  
771

“Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

Farmonga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

- 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi;
- 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi;
- 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnomalar xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi;
- 14 ta turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish muddatlari qariyb 2 baravarga qisqartiriladi;
- 115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillari yanada soddalashtiriladi.

Farmonga ko‘ra, xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyat (harakat) uchun rasmiylashtirilgan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilishi o‘z kuchida qoladi va ushbu faoliyat (harakat)ni amalga oshirish uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

- turizm faoliyatini litsenziyalashda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlash ixtiyoriy etib belgilanadi. 

Quyidagilar bekor qilinadi:

• kredit byurolari faoliyatini litsenziyalashda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi talabi;

• dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashda ushbu faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyoti;

• yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya olishda talabgordan mahalliy davlat hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibi.

Farmonga muvofiq, vakolatli organlar tomonidan quyidagi harakatlarning amalga oshirilishi taqiqlanadi:

- litsenziyalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi sababli davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish;

- litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasida tuziladigan o‘zaro shartnomalarga almashtirish;

- litsenziya va ruxsat berishga doir talab va shartlarda nazarda tutilmagan haq evaziga boshqa turdagi xizmatlardan foydalanishga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga bevosita yoki bilvosita majburlash.

2020 yilda muddati tugaydigan barcha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning amal qilish muddati 2021 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi. 

2021 yil 1 yanvarga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni qamrab olgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqiladi. 

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan:

- litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

- litsenziya sohasidagi qonun buzilishlari haqida xabar bergan shaxslar huquqbuzarlik o‘z tasdig‘ini topganda undirilgan jarimaning 10 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

- litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni tugatish va bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан