Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saakashvili Gruziyaning "o‘tish davri" bosh vaziri bo‘lishga rozi bo‘ldi
8.09.2020 11:29,  
278

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili muxolifat partiya parlament saylovlarida g‘alaba qozonsa, Gruziya hukumatini boshqarishga rozi bo‘ldi. U Gruziyada barqarorlashtirish davri uchun "o‘tish davri" bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini e’lon qildi. Kecha, 7 sentyabr kuni "Birlashgan milliy harakat" partiyasi va u bilan ittifoqdagi boshqa muxolifat partiyalar janob Saakashvilini Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatdilar.

31 oktyabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Aralash tizim orqali 150 deputat parlamentga saylanadi.

“Tabiiyki, men Gruziya xalqiga inqirozdan chiqishida yordam berishni xohlayman. Shuning uchun men o‘tish davri bosh vaziri bo‘lishga rozi ekanligimni e’lon qildim, to‘liq muddatga emas, balki barqarorlik davriga, Gruziya hozir bo‘lgan chuqur inqirozdan chiqmagunimizcha rahbarlik qilaman”, - deya post qoldirdi siyosatchi o‘zining Facebook sahifasida. 

Eslatib o‘tamiz, Mixail Saakashvili hokimiyatni suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha Gruziyada sirtdan qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Uning o‘zi unga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlarni siyosiy asosga ega, deb biladi. Avgust oyida Gruziya Adliya vaziri Teya Sulukiani mamlakatning sobiq prezidenti mamlakatga qaytishga urinishi bilanoq chegarada hibsga olinishini aytdi. Hozirda janob Saakashvili Ukraina fuqarosi hamda Zelenskiy ma’muriyatida Milliy islohotlar kengashi rahbari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан