Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saakashvili Turkmanboshining o‘z vazirlariga it muomalasini qilib, tahqirlaganini gapirib berdi
27.06.2020 14:50,  
3430

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyazovning o‘z vazirlarini qanday qilib tahqirlaganini gapirib berdi. Hozirda Ukraina milliy islohotlar kengashi ijro qo‘mitasining boshlig‘i bo‘lgan Saakashvili YouTubedagi «V gostyax u Dmitriya Gordona» («Dmitriy Gordon huzurida mehmonda») ko‘rsatuvida o‘z xotiralari bilan bahamlashdi, deya xabar beradi Fergana.ru nashri.

«MDH davlatlari sammitida noxush bir voqea bo‘lib o‘tgandi. Unda Turkmanboshi o‘z vazirlarini it kabi to‘rt oyoqlatib, so‘ng ularga qand bergandi. Bu judayam qayg‘uli manzara edi», — dedi Gruziyaning sobiq prezidenti. Saakashvili 2004 yildan Gruziyani boshqara boshlagan, 2006 yili esa Turkmanboshi olamdan o‘tgan. Shunday qilib, gap shu oraliqda bo‘lib o‘tgan sammit haqida bormoqda.

Saakashvili ushbu voqeadan so‘ng hech qancha o‘tmay Niyazov o‘lganini aytadi. U yangi prezident Gurbanguli Berdimuhamedov inauguratsiyasiga kelgan. «Men uning qarorgohida yashadim, rostdan ham u yerdagi unitaz oltin suviga chayilgandi», — deya eslaydi eks-prezident. Saakashvili so‘zlariga ko‘ra, MDH sammitida itlarni o‘xshatib bergan vazirlar bir oydan so‘ng turmaga tashlangan. «U yerda vazirlar uchun alohida qamoq bo‘lgan, hojatxonasiz. Aytishlaricha, u yerda pastga kislota quyisharkan». Gap Ovadan Depa turmasi haqida ketmoqda. Uning dong‘ini turli manbalardan bilish mumkin.

Saakashvilining ta’kidlashicha, jazodan qutulib qolgan yagona vazir — Gurbanguli Berdimuhamedov bo‘lgan. Niyazovning o‘limiga qadar u Sog‘liqni saqlash vaziri va prezidentning shaxsiy shifokori bo‘lgan.

Saakashvili Niyazovning g‘alati qiliqlarini aytib bergan yagona inson emas. Yaqinda «Farg‘ona» ixtiyoriga sobiq Turmaniston TIV rahbari Avda Quliyevning memuarlari kelib tushdi. Ushbu memuar 2006 yili Moskvada kichkina tirajda chop etilgan. U paytlar onkologik kasallikdan azob chekkan Quliyev Turkmanboshini shunday xotirlagan: «Chet ellik mehmonlar bilan barcha uchrashuvlar Niyazovning xonasida tor doirada bo‘lib o‘tardi va albatta prezident yordamchisi Jadan Aleksandr Nikolayevich va prezident matbuot kotibi Orazdurdeyev Annageldi Japarovich ishtirokida. Bu ikki inson kim tezroq Niyazovga toza kuldonni tutish bo‘yicha musobaqa o‘ynardi. Shunday bir voqea yuz bergan: toza kuldon topolmagan Orazdurdiyev Turkmanboshi sigaretining kulini to‘kishiga o‘z kaftini tutgan va prezident tinchgina unga kulni to‘kkan. Bu ikki mulozimning ikkinchi eng muhim vazifasi — Niyazov stolida doimo qaynoq ko‘k choyni ta’minlash edi. Bu odamlarning bundan boshqa ishlari yo‘qdek tuyulardi».

Berdimuhamedov birinchi davlat rahbariga bo‘lgan shaxsga sig‘inish illatini bartaraf etmadi, aksincha Niyazovga bo‘lgan «qulluqlar» yangi prezidentga yuzlandi. Hozirgi paytda davlat matbuoti deyardi Berdimuhamedovning ishlashi va dam olishiga bag‘ishlangan. Yangi prezident «Arqadag‘» (deyarli «Olampanoh» ma’nosida) maqomini olgan. Tantanalarda davlat xizmatchilari prezidentni «Arqadag‘a sho‘hrat» so‘zlari bilan olqishlaydilar. Berdimuhamedov nomidan turli mavzularda (isiriq bilan davolashdan tortib, harbiy ishlargacha) kitoblar chop etiladi, televideniye tinmasdan prezidentning she’r va qo‘shiqlarini tarannum etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан