Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Jizzaxda qurilishi bitmagan binoning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi
10.01.2021 23:27,  
538

Jizzaxda ko‘p qavatli uyning qulab tushishi sabablarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Komissiyaga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qiladi.

Jizzax shahrida qurilishi tugamay turib, 10 yanvar kuni qulab tushgan 6 qavatli uyni «Chorvador-Qorako‘l-Baraka» MChJ qurayotgan bo‘lgan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.

Komissiya tarkibiga prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar, idoralar, ekspertlar va loyiha tashkilotlari kiritilgan.

Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil bo‘lgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha amaldagi normativ-me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Hukumat komissiyasi 10 yanvardan o‘z ishini boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан