Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Safimizni tozalash – birinchi navbatda bizning o‘zimizga kerak» – IIV matbuot kotibi
24.06.2020 18:40,  
423

Bugun «Yuksalish» umummilliy harakati tashabbusi bilan o‘tkazilgan jamoatchilik muloqotida ichki ishlar organlari faoliyati muhokama qilindi.

Unda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov quyidagilarni ma’lum qildi:

— Yaqinda Andijon shahrida, undan avval Chiroqchi tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat — kechirib bo‘lmas holat, tizim sha’niga tushgan katta dog‘. Bundan keyin har qancha harakat qilmaylik, bu dog‘lar kamchiligimiz haqida eslatib turadi.

MAVZUGA DOIR: «Protivogaz kiydirib, qiynoqqa soldi va pichoq bilan qo‘rqitdi» – Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarga bosim o‘tkazdi​

Andijonda IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi (video)

Lekin ta’kidlamoqchimanki, agar ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan shaxsga nisbatan jarohat yetkazilganligi aniqlansa, bu favqulodda hodisa sifatida baholanadi. Kechiktirmasdan tezkor guruh tuzilib, voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganiladi. Ayrimlar «yaxshiyamki, bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, bo‘lmasa ish yopdi-yopdi bo‘lib ketardi, hech qanday chora ko‘rilmas edi» deyishmoqda. Bu noto‘g‘ri. O‘z safimizni tozalash, birinchi navbatda, bizning o‘zimizga kerak.

Safimizni adashib kirib qolganlardan tozalash bo‘yicha ko‘p ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019 yilda jami 7039 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan. Yo‘l harakati qoidalarini buzgan 1223 xodim jarimaga tortilgan. 133 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Joriy yilda esa 2350 xodim xizmat intizomini buzgani aniqlandi. 529 nafari yo‘l harakati qoidalarini buzgan hamda 45 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan. 78 nafar xodimimiz karantin qoidalarini buzganlik uchun jarimaga tortilgan, bir nafari ishdan bo‘shatilgan.

So‘zda emas, amalda qonun ustuvorligini ta’minlash — asosiy vazifamizdir" - deydi IIV matbuot kotibi.

Shuningdek, xizmat vazifasini bajarish jarayonida IIV xodimlariga yetkazilgan zarar haqida ham gapirdi:

"2019 yilda xizmat vazifasini bajarish jarayonida 28 nafar ichki ishlar xodimi vafot etgan, 229 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ahamiyat bering, birgina yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash vaqtida 20 nafar xodim halok bo‘lgan, 81 nafari jarohatlangan.

Joriy yilning 5 oyida esa vafot etgan ichki ishlar xodimlari 5 nafarni, jarohatlanganlar 73 nafarni tashkil etdi. Ular orasida 4 nafar vafot etgan va 31 nafar jarohat olganlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlaridir".

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан