Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sahro chigirtkasi mamlakatimiz hududiga qancha zarar yetkazdi?
12.06.2020 18:58,  
607

2020 yilda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 597,9 ming gektarda tarqalishi va kimyoviy ishlov o‘tkazilishi bashorat qilingan. Bu boradagi kurash tadbirlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, joylarga yetkazilgan, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etish kerakki, yurtimizning har bir viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi kurash uchun 152 ta traktor OVX purkagichlari, 301 ta motorli qo‘l purkagichlari, 35 ta avtomashinaga o‘rnatilgan UMO purkagichlari, 7 ta motodeltaplan, 1 ta gaz-66-01 o‘rnatilgan FM-40 purkagichi, 2 ta tritsiklga o‘rnatilgan shlangli purkagich, 55 ta vodovoz va 653 nafar ishchilar jalb etilgan.

Ayni vaqtda zararli chigirtkalarni 403,3 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 382 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi, jumladan, Qashqadaryo viloyatida 94 ming gektarda, Surxondaryoda 84 ming gektar, Jizzaxda 88 ming gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ming gektarda, Samarqandda 21 ming gektar, Toshkentda 19 ming gektar, Navoiyda 22 ming gektar, Buxoroda 11 ming gektar, Farg‘onada 3 ming gektar, Sirdaryoda 5.4 gektar, Andijonda 2.4 gektar, Namangan viloyatida 2.8 gektar va Xorazm viloyatida 2 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar o‘tkazildi.

Hozirda Afrika va Markaziy Osiyo davlatlarida sahro chigirtkasi yoppasiga ko‘payib, 15 million gektar maydonda ko‘chib yuribdi. Afg‘oniston, Eron, Sudan, Efiopiya, Misr davlatlariga sahro chigirtkalari keltirgan zarar 500 million dollardan oshib ketdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан