Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Said-Abdulaziz Yusupov ishi bo‘yicha sud yopiq tartibda boshlandi
9.09.2019 22:41,  
51

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida Said-Abdulaziz Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati  ma’lum qildi.

Sudlanuvchi Said-Abdulaziz Yusupov Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalarida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

«Sud jarayoni davom etmoqda», — deyiladi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati axborotida.

Ma’lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov 1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlangan, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан