Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saida Mirziyoyeva: «Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi»
7.02.2021 16:44,  
888

Saida Mirziyoyeva cho‘zma lag‘mon tayyorlash bilan bog‘liq xotiralari haqida bo‘lishdi.

Kecha farzandlarim bilan lag‘mon pishirdik va bu taom bilan bog‘liq bir voqea esimga tushdi. Farzandlarimga aytib berdim, bu yerda siz bilan ham bo‘lishmoqchiman.

Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo‘limdan kelmas edi.  Faqat bitta ovqat — cho‘zma lag‘monni pishirishni bilardim desa ham bo‘ladi.

Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko‘raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni — xamirni ingichka qilib cho‘zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o‘rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri, eplab ketganman.

Shunday qilib, yangi oilada, yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag‘monning batafsil retseptini so‘rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro‘yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa — tuzni aytish xayollariga kelmabdi)

Shunday qilib, ko‘rinishi ishtahaochar lag‘monim pishdi. Mazasi esa... tuzsiz tasavvur qilavering)

Oila a’zolarimiz o‘ta xushmuomala bo‘lganlari uchunmi, lag‘monni maqtab-maqtab besh daqiqada paqqos tushirishdi. Tuzdon talash bo‘lgani esa... Hayotda shunaqasiyam bo‘lib turadi)), deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан