Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Saidabdulaziz Yusupovdan koreyalik fuqaro foydasiga 152 million so‘m undirib berilgan
9.12.2020 17:54,  
728

Koreyalik fuqaro foydasiga O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi sobiq direktori Saidabdulaziz Yusupovdan 152 million 539 480 so‘m undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi QALAMPIR.UZ nashriga ma’lum qilgan

Qayd etilishicha, chet el fuqarosi Li Cholxoan, uning ishonchini suiste’mol qilib, unga tegishli katta miqdordagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat fondlaridan birining (sobiq) direktoriga nisbatan chora ko‘rishni va pullarini undirib berishni so‘rab, huquq tartibot organlariga ariza bilan murojaat qiladi. 

Sobiq direktor o‘zinining aybsizligini aytib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga videomurojaat yo‘llagan va uning murojaati ikki yil muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va bahslarga sabab bo‘lgan edi. 

Bo‘lib o‘tgan tergov va sud ishlari yakuniga ko‘ra, Saidabdulaziz Yusupov tomonidan chet el fuqarosi Li Cholxoanga yetkazilgan zarar, joriy yilning 13 noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan to‘liq undirib berilgan. 

Majburiy ijro harakatlari davomida  qarzdor Saidabdulaziz Yusupovdan ijro hujjatida ko‘rsatilgan 152 million 539 480 so‘m pul mablag‘i undiruvchi Li Cholxoan foydasiga to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan, ijrosi ta’minlanib va qarzdorga qo‘yilgan barcha bandlar bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Saidabdulaziz Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168 va 28,211 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2019 yilning 10 may kuni hibsga olingan edi. 2020 yilning iyul oyida u ozodlikka chiqarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан