Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sakkizta mamlakat Belarus osmonidan uchib o‘tishni taqiqlashni talab qildi
24.05.2021 10:57,  
292

Sakkizta mamlakat qonun chiqaruvchi organlarining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitalari raislari Belarus ustidan parvoz qilishni taqiqlashni talab qildi, deb yozadi «RBK». Bu Nexta Telegram kanali asoschilaridan biri va sobiq bosh muharriri Roman Protasevichning hibsga olinishi bilan tugagan Ryanaird samolyoti bilan bog‘liq voqeadan keyin yuz berdi. Bayonot AQSh Kongressi Senatining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Robert Menendes matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

Hujjatni AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Latviya, Litva, Polsha va Chexiya siyosatchilari imzoladi.

Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitalar raislari Fuqarolik aviatsiyasi xalqaro tashkilotini (ICAO) Minskka samolyotning majburiy qo‘ndirilishi yuzasidan zudlik bilan surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi.

«Surishtiruv o‘tkazilguniga qadar biz Belarusni tashkilotdan chetlatishga va Belarus osmonidan o‘tadigan parvozlarning barchasini, shu jumladan, mamlakatga va u yerdan parvozlarni taqiqlashga da’vat etamiz», — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, siyosatchilar NATO va Yevroittifoqqa a’zo mamlakatlarni Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar kiritishga chaqirdi. Xususan, gap Minskni «Yevropada demokratiyaga yana hujum qilish uchun» Interpol va boshqa xalqaro tashkilotlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilish haqida bormoqda.

Bundan tashqari, qonun chiqaruvchilar Protasevich va boshqa siyosiy mahbuslarni ozod etishni talab qildi.

Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchgan samolyoti 23 may kuni Minskka favqulodda qo‘ndi. Aeroportda layner bomba haqidagi xabarlar tufayli qo‘nish uchun ruxsat so‘raganini ma’lum qildi. Ayni vaqtda aviakompaniyadagilar ekipajga mina haqidagi xabar Belarus dispetcherlaridan kelib tushgani, ular samolyotni Minskka qo‘ndirish haqida ko‘rsatma berganini aytdi. Yo‘lovchi samolyotiga hamrohlik qilish uchun Belarus Harbiy-havo kuchlarining MiG-29 qiruvchi samolyoti osmonga ko‘tarildi.

Minsk aeroportida xavfsizlik tekshiruvi samolyot bortida hech narsani aniqlamadi, besh soatdan keyin unga parvozni davom ettirishga ruxsat berildi. Tergov qo‘mitasi mina o‘rnatilgani haqidagi yolg‘on xabar tufayli ish ochdi.

Belarus Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan Protasevich qo‘lga olingan. Mamlakatda unga qarshi ommaviy tartibsizliklar uyushtirish haqidagi modda bo‘yicha ish ochilgan bo‘lib, KGB avvalroq uni va Nexta’ning boshqa asoschisi, Stepan Putiloni terrorchilar ro‘yxatiga kiritgan, kanalning o‘zi ekstremistik deb topilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан