Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samara va Yekaterinburgdan ikki mingga yaqin yurtdoshimiz olib kelindi
15.09.2020 13:18,  
53


 Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan, shuningdek, Yekaterinburgdan olib kelish uchun “Toshkent–Kinel–Toshkent” hamda “Toshkent–Yekaterinburg–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 12 sentyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Transport vazirligining xabar berishicha, mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda viloyatdagi karantin zonalariga yetkazildi.

Shuningdek, 847 nafar yurtdoshlarimiz bilan 12 sentyabr kuni  Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан