Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand 2023 yilda Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi
3.12.2021 09:04,  
79

O‘zbekiston tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Sport va turizm vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Butunjahon turizm tashkiloti va unga a’zo davlatlar bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini yanada kengaytirish, madaniy va turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida 30 noyabr-2 dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Ispaniya qirolligiga tashrifi tashkil etildi. 

24 sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekistonning Ispaniya qirolligidagi elchixonasi vakillari o‘rin oldi.

Qayd etilishicha, Madrid shahrida o‘tgan tadbir doirasida 2023 yilda UNWTO Bosh assambleyasini o‘tkazish uchun O‘zbekiston va Portugaliya da’vogarlik qildi. 

Tadbir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston yaqqol ustunlik bilan aksariyat ovoz to‘plab, 2023 yilgi Bosh assambleyani qadimiy Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishildi.

"UNWTO 25-Bosh assambleyasining qadimiy Samarqandda o‘tkazilishi bu yerga mingdan ortiq xorijlik mehmonlarning tashrif buyurishi hamda bu orqali mahalliy aholi va hunarmandlarning daromad ko‘rishiga olib keladi.

Bundan tashqari, yuqori darajadagi tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi jahon ommaviy axborot vositalarining ham e’tiborini tortishi shubhasiz, bu esa oxir-oqibat mamlakatimizning turistik salohiyatini keng targ‘ib etish hamda yurtimizga yanada ko‘proq sayyohlarni jalb etish yo‘lida xizmat qiladi”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot uchun, UNWTO Bosh assambleyasi ikki yilda bir marta o‘tkaziluvchi eng muhim turistik forum bo‘lib, bunday yuqori darajadagi tadbir hisoblanadi.

"BMT oilasiga kiruvchi tashkilotlar Bosh assambleyasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi birinchi tarixiy hodisadir", - deyiladi xabarda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан