Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand, Andijon, Xorazm viloyati hokimlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga uy sovg‘a qilishdi
15.09.2021 19:46,  
106

Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.  

Samarqand shahrida Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi E.Turdimov qatnashib, barcha Olimpiyachilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan qutlab o‘tdi.

“Hammamiz musobaqani katta hayajon va qiziqish bilan kuzatib bordik. Shuni alohida mamnuniyat bilan aytib o‘tmoqchimanki, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish va unda ishtirok etishning o‘zi bir sharafdir. Shunday ekan, unda ishtirok etgan barcha sportchilarimizga va ularning ustoz, murabbiylariga alohida minnatdorchilik bildiraman”, – dedi viloyat hokimi.

Erishilgan har bir natijadan so‘ng, ayniqsa, davlatimiz bayrog‘i yuksaklikka ko‘tarilib, madhiyamiz baralla yangraganda barchalarimizning qalblarimiz g‘urur va iftixorga to‘ldi.

Ta’kidlash joiz, Samarqanddan Olimpiada o‘yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4 nafar sportchilari ishtirok etib, qator medallarga sazovor bo‘lishdi. Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uyning kaliti topshirildi.

Shuningdek, Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarni o‘z viloyatlarida tantanali kutib olish marosimlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilari va ularning murabbiylari, ota-onalari, sportchi yoshlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Viloyat hokimi Farxod Ermanov Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblarini erishgan  ulkan g‘alabalari bilan yana bir bor muborakbod etib, sportchilarning murabbiylari va ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

XVI Paralimpiya o‘yinlarida bog‘otlik paradzyudochi Uchqun Quronboyev oltin, shovotlik Ro‘za Qo‘ziyeva para pauyerlifting bo‘yicha kumush, bog‘otlik paradzyudochi Nafisa Sharipboyeva bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchi va murabbiylar, ota-onalar so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va rag‘bat uchun minnatdorlik bildirdilar, 2024-yilda Parijda bo‘ladigan Paralimpiya o‘yinlarida bundan ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga va’da berdilar.Viloyat hokimi  Paralimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni munosib taqdirladi. Paradzyudochi Uchqun Quronboyev va uning murabbiyi Alfiya Ibragimovalarning har biriga ikki xonali, pauyerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva va paradzyudochi Nafisa Sharipboyevalarga esa bir xonali uylar tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maydonda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va g‘olibini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlariga mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yakunda 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 160 dan ziyod davlat orasida 16-o‘rinni egalladi. Terma jamoamizning g‘alabalariga andijonlik sportchilar ham munosib hissa qo‘shdi.  

Tokio paralimpiadasi o‘yinlarida Andijon viloyatidan 6 nafar sportchi yo‘llanma olgan edi. Ayniqsa, para yengil atletika musobaqasining F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Boburjon Omonov 14,06 metr natijani qayd etib, olimpiada chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga,  yadro uloqtirish bo‘yicha paralimpiya rekordini yangiladi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘z olib, Paralimpiya o‘yinlarining barcha ishtirokchilarini, xususan, Boburjon Omonovni erishgan yutug‘i bilan qutladi. Mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishayotgan andijonlik sportchilar xususida gapirdi.  

Viloyat hokimi Prezidentimiz farmoniga asosan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, paralimpiada chempioni va rekordchisi Boburjon Omonovga Andijon shahrida qad rostlagan 16 qavatli yangi uyning 2 xonali kvartirasi kalitini tantanali ravishda topshirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан