6 maydan boshlab, “Samarqand Darvoza” do‘konlari va kiyim-kechak va aksessuarlar butiklari ochildi. Bu haqda savdo-ko‘ngilochar markazining rasmiy Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, o‘yin maydonchasi, kinoteatr, oziq-ovqat korti, qahvaxonalar va muzqaymoq sotiladigan do‘konlar yopiqligicha qolmoqda.
Ta’kidlanishicha, 6 maydan boshlab markazning 1-3 qavatlaridagi quyidagi savdo do‘konlari ochiladi:
– Makro va Home Market do‘konlari
– Dorixona va kimyoviy tozalash
– Kiyim do‘konlari
– Atir, bijuteriya va zargarlik buyumlari do‘konlari
– Choyshablar, ko‘zoynaklar, soatlar va bosh kiyim do‘konlari
– Uyali aloqa va “Credit Express” xizmatlari
Markaz 16 may kunidan boshlab ikki kun davomida 10:00 dan 19.00 gacha faoliyat yuritadi. 18 maydan boshlab esa 10:00 dan 21:00 gacha vaqt oralig‘ida tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi.
"Ochilishga tayyorgarlik jarayonida biz zararsizlantirish uchun barcha choralarni ko‘rdik va xodimlarga shaxsiy gigiyena va COVID-19 epidemiyasi sharoitida ishlash haqida ma’lumot berildi. Sizning sevimli savdo markazingizga sog‘liq uchun hech qanday xavf tug‘dirmasdan qaytib kelishingizni ta’minlashga biz harakat qildik", deyiladi xabarda.