Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand davlat tibbiyot instituti mamlakatda, birinchilar qatorida xalqaro ISO sertifikatini qo‘lga kiritdi
26.06.2021 14:43,  
35

Samarqand davlat tibbiyot institutida «Yuqumli kasalliklar – dolzarb masalalar, yutuqlar, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga innovatsion yondashuvlar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjumanda zamonaviy tibbiyot, jumladan, yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklar, COVID-19 va OIV infeksiyasining muammolari muhokama etildi. Konferensiyada infeksionist, parazitolog, terapevt, pediatr hamda UASh kabi tibbiyot sohasi vakillari qatnashdi.

Konferensiya ochilishida Slovakiyaning favqulodda va muxtor elchisi Yan Bori Samarqand davlat tibbiyot institutiga xalqaro ISO sertifikatini topshirdi.

«Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida, birinchilar qatori institutimizning xalqaro ISO sertifikatiga ega bo‘lganidan judayam mamnunmiz. Bu ta’lim jarayoni xalqaro standartlarga mos ravishda davom etayotgani, xalqaro reytinglarga kirish imkoniyatimiz oshib borayotganini ifodalaydi. Institutimiz nafaqat yurtimizda, balki chet elda ham o‘z maqomiga ega bo‘lganini anglatadi», — deydi SamDTI rektori, professori Jasur Rizayev.

Tadbir bevosita onlayn tarzda kuzatib borildi. Xususan, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, davlat bosh sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev, Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev, Rossiya Federal tibbiy-biologik agentlikning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bolalar ilmiy-klinik markazi prezidenti, akademik Yuriy Lobzin, Ukraina milliy tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Mixail Andreychin, Astraxan davlat tibbiyot universiteti prezidenti Xalil Galimzyanov, AQShning kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy markazi direktori Daniel Singer va boshqalar anjumanning ahamiyati haqida o‘z fikrini bildirdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada, shuningdek, yigirmaga yaqin dunyoning tibbiy bilim yurtlaridan yetakchi olimlar, soha mutaxassislari ma’ruza qilishdi. Muhokama qilingan mavzular bo‘yicha eng zamonaviy ma’lumotlar keltirildi. Qilingan ma’ruzalarning aksariyati amaliy yo‘naltirilgan bo‘lib, xususan COVID-19ning turli kasalliklardagi xususiyatlari va ulardan reabilitatsiya qilish amaliyoti bo‘yicha ma’ruzachilar tomonidan ma’lumotlar keltirildi.

Xalqaro konferensiya, shubhasiz, mintaqa va butun respublikada yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklar, COVID-19 va OIV infeksiyasini davolash kabi yo‘nalishlarni rivojlantirishga, malakali tibbiyot kadrlarini shakllantirishga, mazkur sohalarga innovatsion yangiliklarni kiritishga hamda mamlakatimiz olimlarining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, institutda 2020—2021-o‘quv yilida 30 dan ortiq xalqaro konferensiya, 6 ta xalqaro olimpiada va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan turli mavzularda 300 ga yaqin xalqaro vebinarlar o‘tkazildi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан