Samarqand hokimi va o‘rinbosarlari bir hafta jamoat transportidp yuradi

Samarqand hokimi va o‘rinbosarlari bir hafta jamoat transportidp yuradi

Samarqand temir yo‘l vokzali yonidagi 28 sonli avtobus

Samarqand viloyatida tashkillashtirilgan hokimlik soatida viloyatda aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash masalasi muhokama etildi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov sohaga mas’ul mutasaddilar, jumladan o‘rinbosari A.Shukurov, viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Qorjovov, viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i F.Shayzoqov hamda Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov va uning o‘rinbosari R.Olimovga bir hafta davomida avtobus va taksida yurib, aholiga qanday transport xizmati ko‘rsatilayotganini o‘rganish vazifasini topshirdi.

Suratda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari A. Shukurov.

 

“Rahbarlar avtobusda yursa, oddiy odamlar davrasida bo‘lsa, ko‘p narsa haqida ularda aniq tushuncha, yorqin tasavvur bo‘ladi”, - deb yozadi O‘zA.