Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni hamisha qiynaydi» — Prezident
16.04.2021 11:41,  
232

Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 16 aprel kuni Samarqand viloyati faollari, sohalar rahbarlari bilan navbatdan tashqari sessiya boshlandi. Bu haqda «Kun.uz» xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabarga ko‘ra, Prezident mazkur viloyatda hokim bo‘lib ishlagan paytlarini har doim eslashini, viloyatni sog‘inishini ta’kidlagan:

«Men hamisha Samarqandni sog‘inaman. Kuni kecha Imom Buxoriy majmuasida bo‘lgan uchrashuvda ham aytdim – ko‘p joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko‘p qo‘l kelgan. Albatta, men bu viloyatda hokim bo‘lib ishlagan paytlarimni har doim eslayman. U paytlar muammolar ko‘p edi, imkoniyatlar cheklangan edi. Ularni yechishga hamisha harakat qilamiz. Samarqandda o‘zgarish bo‘lmayapti desak to‘g‘ri emas, o‘zgarishlar bor. Lekin Samarqand qachon shiddat rivojlanadi, degan savol meni hamisha qiynaydi. Bilasiz, 2020 yil juda og‘ir keldi. Qanday qilib mana shunday og‘ir sharoitda kechagiga nisbatan bugun nima o‘zgaradi, xonadonlar qanday obod bo‘ladi, farzandlarimiz qanday qilib yaxshi yashaydi, degan savollar meni o‘ylantiradi. Agar kimdir kelib bizga bu narsalarni qilib beradi, desak adashamiz. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda har bir davlat, har bir millat birinchi o‘zi haqida qayg‘urmoqda» deydi Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sessiya avvalida barchani Ramazon oyi bilan tabriklagan.

«Biz ham bugungi muloqot chog‘ida o‘ylashimiz kerak – Imom Buxoriy majmuasidek muqaddas joylari bo‘lgan Samarqandda bugun nimalar qilamiz? Prezident ana shunday ulug‘ ayyom kunlarida nega keldi, degan savolga qanday javob beramiz? Biz ana shunday ulug‘ insonlar davomchilarimiz, shuni unutmasak ishimizda baraka bo‘ladi, shukronalik bo‘ladi. Fursatdan foydalanib men hammangiz muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklayman. Niyatim, kelgusi yillarda ham shu kunlarga eson-omon yetib boraylik», deydi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан