Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand-Qarshi trassasida xorijiy turistlar avtobusining 2 soat yoqilg‘isiz qolib ketganiga izoh berildi
10.10.2019 16:50,  
57

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand-Qarshi trassasida Koson yoqilg‘i quyish shoxobchasida transport vositasiga dizel yoqilg‘isini quyish bilan bog‘liq muammo tug‘ilgani tufayli xorijiy turistlar avtobusining 2 soatga kechiktirilgani haqidagi xabar yuzasidan Energetika vazirligi izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston yoqilg‘ini xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, shu jumladan, AYoQShlarga sotishda bozor munosabatlariga amal qiladi. Hozirgi paytda ushbu dizel yoqilg‘isini sotish birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Bunda bozor tamoyiliga amal qilinadi – birjadagi narx haqiqiy ehtiyojni ko‘rsatadi.

“Dotatsiyalangan taqsimot davri tugamoqda. Demak, AYoQSh mutlaqo mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’yekt, ayni paytda tijoriy sub’yekt sifatida mijozga o‘z vaqtida (ya’ni – darhol) yoqilg‘i sotish va natijada qancha foyda olish masalasini o‘zi hal qiladi. Tijoriy sub’yektlarning aksariyati o‘z bozoridagi kon’yunkturani, bu o‘rinda – mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun yoqilg‘i hajmini yaxshi bilgani tufayli daromad oladi va rivojlana boradi. AYoQShdagi holatga kelsak, turistik avtobus haydovchisi yoqilg‘i quyishni istagan, ammo bu AYoQShda barcha holatlar e’tiborga olinmagan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, shu yilning sentyabrida 45,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi birjaga qo‘yilgan. Shundan 14,6 ming tonnasi sotilgan, ya’ni taklif talabdan ortiq bo‘lgan. Bunda qandaydir yetkazib berilmaslik haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

Bu jarayonda mamlakatdagi barcha yuridik shaxslar, shu jumladan, turistik firmalar o‘z ehtiyojlari uchun to‘siqsiz dizel yoqilg‘isini sotib olishi mumkin. Ammo bunda yangiliklardan foydalanishni ham o‘rganish zarurdir.

Xabarda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turistik avtobus ushbu AYoQSh shoxobchasiga sayyohlar qo‘shimcha ob’yektlarni ko‘rish istagini bildirgani tufayli kelgani qo‘shimcha qilingan. Ammo har qanday holatda sayyohlarga to‘laqonli xizmatlar ko‘rsatilish uchun javobgarlik turni tashkil qilgan turistik kompaniya zimmasida ekanligi aytilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан