Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand shahri Qorasuv aholisi uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlari taqdim etildi
15.10.2020 15:00,  
93

Samarqand shahri aholisining uy-joyga bo‘lgan yuqori ehtiyojini inobatga olib, qo‘shimcha arzon ko‘p qavatli uylarni qurish 2018 yilda dasturga kiritilgan edi. Shu munosabat bilan, Samarqand shahri Qorasuv dahasida qariyb 50 gektar yer maydoni ajratilib, u yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

«O‘zbektelekom» AK Qorasuv dahasidagi yangi uylarni loyihalashtirish va qurish bosqichidayoq zamonaviy aloqa tizimlarini yotqizish va o‘rnatishda faol ishtirok etgan edi. Mazkur hududda qurilgan 100 dan ortiq ko‘p qavatli uylar hududida Kompaniya tomonidan eng so‘nggi texnologiyalar asosida yuqori tezlikdagi internet hamda boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun texnik imkoniyat yaratilgan.

Yangi xonadonga ko‘chib kirgan har bir aholi darhol yuqori tezlikdagi Internetga, shuningdek uy telefoni va yuqori sifatdagi televideniye xizmatlaridan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan IP-televideniya xizmatlariga ulanishi mumkin. Yangi ko‘chib kirgan aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga tez va arzon ulanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. «O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali xodimlari yangi uylar aholisi uchun o‘z xonadonlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayyor ulanishlarni tashkil etishmoqda. Aholidan faqatgina shaxsni tasdiqlovchi guvoxnoma bilan aloqa va Internet xizmatlariga ulanishning o‘zi kifoya. Kompaniya ofisiga kelib, ulanish uchun navbat kutishga hojat yo‘q.

Bundan tashqari, «O‘zbektelekom» AK yangi abonentlar uchun maxsus aksiya o‘tkazmoqda va bunda Kompaniya tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari ishlashi davrida abonent qurilmasidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar hamda 100 metrgacha kabel taqdim etiladi.

«O‘zbektelekom» AK Samarqand filiali rahbariyati va xodimlari doimiy ravishda mahallalarda Samarqand aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni tezkor bartaraf etish uchun fuqarolarning aloqa sifatiga oid barcha murojaatlari va shikoyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Mamlakatimizda jadal suratlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, fuqarolarning farovonligi – bularning barchasi ulkan va bunyodkorlik ishlari samarasidir. Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatga ega mamlakatda aholining farovon turmushi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda.

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан