Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand shahriga bu yil 2 million turist tashrif buyurdi. Ulardan 359 mingi chet-ellik
11.09.2019 11:47,  
56

Viloyat turizmni rivojlantirish departamentining ma’lumotlariga ko‘ra bugungi kunda Samarqand viloyatida 551 ta turistik ob’yekt, 5 ming 823 o‘rinli 138 ta mehmonxona, 1 ming 45 o‘rinli 118 ta oilaviy uy-mehmonxonalar, 100 ga yaqin milliy va yevropa taomlari tayyorlanadigan restoran, milliy uslubdagi choyxonalar hamda 164 ta turoperatorlik sub’yektlari faoliyat yuritadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shuningdek, 230 ta turistik sinfga mansub avtotransport vositalari, hamroh-tarjimonlar sayyohlarga beminnat xizmat ko‘rsatmoqda. Sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida viloyatga jami 2 million nafar atrofida turist tashrif buyurgan. Shundan 359 ming nafarini 157 mamlakat fuqarolari tashkil etadi. Sayyohlar oqimi o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshgan bo‘lib, turizm sohasida eksport hajmi 111,1 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Ma’lumki, Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlarga yanada keng qulayliklar yaratish maqsadida 2018 yilning 1 yanvaridan Samarqand aeroportida “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi joriy etilgan edi. 2019 yil yanvar-avgust oylari davomida “yashil” yo‘lak orqali 97,4 foiz va “qizil” yo‘lakdan 2,6 foiz yo‘lovchilar harakatlangan. Yangi tizim joriy etilgunga qadar Samarqand xalqaro aeroporti orqali mamlakatimizga kirib kelgan (1 ta reysda 150-190 kishi) turistlar o‘z bagajlarini qabul qilib, chegara va bojxona nazoratidan o‘tish uchun o‘rtacha 2 soatgacha vaqt sarflagan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu jarayon o‘rtacha 30-45 daqiqani tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан