Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand sog‘liqni saqlash tizimida 7 milliard so‘mlik moliyaviy talon-torojlik
7.01.2021 09:33,  
145

Davlat moliyaviy nazorati departamenti va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va uning quyi tizimlarida 7 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlarini aniqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi sog‘liqni saqlash muassasalari 9,256 mlrd so‘mlik dori vositalariga muqobil takliflar bo‘lsa-da, 14,902 mlrd so‘mga, ya’ni 5,643 mlrd so‘m qimmat narxlarda davlat xaridlarini amalga oshirgan.
Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda 4,999 mlrd so‘mlik qiymatdagi tender va 186,1 mln so‘mlik elektron do‘kon shaklidagi xaridlar qonun talablariga zid ravishda tashkil qilingan.
Bundan tashqari, viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 2020 yilning 9 oyi davomida jami 1 mlrd 384 mln so‘mlik talon-torojlik, moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Misol uchun, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali tomonidan tez tibbiy yordam brigadalariga jalb qilinmagan hamda ishlayotgan shtat birligiga nisbatan ortiqcha 48 nafar xodimga 124,5 mln so‘m rag‘batlantirish uchun mablag‘lar ortiqcha to‘lab yuborilgan.
“Ishchi guruh tomonidan aniqlangan talon-torojlik va suiiste’molchiliklar miqdori jami 7 mlrd so‘mni tashkil etdi”, deyiladi Aksilkorrupsiya agentligi xabarida.
Agentlik o‘rganish yakunlari bo‘yicha hujjatlarni Bosh prokuraturaga yuborgan. Bu hujjatlar asosida Samarqand viloyat prokuraturasi viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari va viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан