Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
13.02.2020 09:59,  
67

Mamlakatimizning turli hududlaridan Rossiya Federatsiyasiga borayotgan yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Samarqand-Toshkent-Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Mazkur yo‘nalishda ilk qatnov joriy yilning 25 fevral kunidan boshlanadi. Qatnovlar shu kundan boshlab kun ora amalga oshiriladi. Yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan "Uzautotrans service" MChJ va Rossiyaning "TTK GLOBUS" MChJ yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qatnov Samarqand avtovokzalidan soat 09:00 boshlanadi va “Toshkent” avtovokzalidan avtobus 15:00 jo‘naydi. Qatnov masofasi 4436 km.ni tashkil etadi. Yo‘lovchilar Sankt-Peterburg markaziy avtovokzaliga eltib qo‘yiladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘ylab chipta narxi Samarqanddan 840000 so‘m, Toshkentdan esa 800000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, joriy yilning 15 fevral kunidan e’tiboran Toshkent-Omsk yo‘nalishida ham muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450000 so‘m etib belgilangan.  

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasiga Toshkent-Nijniy Novgorod, Toshkent-Qozon, Toshkent-Moskva yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlari ham amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda transport vazirligi Rossiya Federatsiyasining boshqa shaharlariga ham muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari va chipta narxlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni “Toshkent” avtovokzalining (71) 207-87-00 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан