Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand viloyati byudjetidan sardobaliklar uchun 5 milliard so‘m ajratildi
2.05.2020 20:46,  
92

Bugun – 2 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bir guruh deputatlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan sessiyada Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan tabiiy ofatdan talafot ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Kengash raisi, viloyat hokimi E.Turdimov videoselektor tarzdagi sessiya qatnashchilariga Sardoba tumanidagi voqea, u yerdagi bugungi vaziyat haqida axborot berdi.

– Kecha deputatlarimiz, faollar Sardoba ahliga yordam uyushtirish tashabbusi bilan chiqqandi, – dedi Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A.Bahromov. – Ochig‘i, xalqimizning shu qadar muruvvatli ekanligidan g‘ururlandim. Yomg‘ir yog‘ib turgan bo‘lishiga qaramasdan, kechgacha tabiiy ofatdan jabrlanganlar uchun ikkita katta yuk mashinasiga joylanadigan kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlari to‘plandi hamda ertalab tegishli manzilga jo‘natildi.

Sessiyada joylardagi bu xil tashabbuslar va jamoatchilikning “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati markazi qoshida Sardoba uchun alohida bo‘lim tashkil etilgani ma’lumot uchun qabul qilindi.

Shundan so‘ng Sardoba ahliga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasiga viloyat byudjetining 2020 yil birinchi chorakdagi daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan 5 millard so‘m pul ko‘chirish taklifi o‘rtaga tashlandi va bu taklif deputatlar tomonidan ma’qullandi.

– Sardobaliklar bizning birodarlarimiz, – dedi E.Turdimov. – Yoz mavsumida aholimizni poliz mahsulotlari bilan ta’minlab kelishyapti. Qolaversa, og‘ir kunda yelkadosh bo‘lish xalqimizning noyob qadriyatlaridan biri. Bu ko‘makni allaqachon boshlab yuborgan, ijtimoiy tarmoqlar orqali va boshqa shakllarda jabrlanganlarga ma’naviy madad berib turgan viloyatimiz ziyolilari va aholisiga minnatdorchilik bildiraman.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан