Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand viloyati hokimi deputatlarga 50 million so‘mdan pul berishni taklif qildi
19.02.2021 21:36,  
1649

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bugun o‘tkazilgan yigirma uchinchi sessiyasida kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.

Aholini kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar qayd etildi. Xususan, Kengash raisi E.Turdimov viloyat Kengashining har bir deputatiga 50 million so‘mdan mablag‘ ajratishni taklif qildi.

Deputatlar o‘z okrugidagi kamida 10 ta kambag‘al oila ro‘yxatini shakllantiradi va bu xonadonlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, imtiyozli kredit ajratilishini nazoratga oladi. Ushbu mablag‘ hisobidan ularga yordam beradi.

Shuningdek, deputatlar kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar natijadorligini monitoring qilib, yo‘nalishlar kesimida o‘z takliflarini berishi taklif qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан