Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimining qarori bilan Ochilov Xurshid Abdurashidovich viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Xurshid Ochilov ushbu tayinlovga qadar viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.