Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand viloyati IIB 600 mln so‘mlik avtoraqamni Ahad Qayum sotib olmaganini ma’lum qildi
4.01.2021 23:36,  
1490

O‘zbekistonda ilk bor 30 Z 777 ZZ raqami avtomobil raqami qariyb 600 million so‘mga sotildi. Samarqand hududiga tegishli ushbu “rekordchi” avtoraqamni Ahad Qayum sotib olganini da’vo qilib chiqqandi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ushbu avtoraqamni sotib olgan fuqaro Ahad Qayum emasligini ma’lum qildi.

“Raqamni sotib olgan fuqaro – samarqandlik. Ammo, biz unga avtoraqam sotib olish uchun pulni kim berganini bilmaymiz. Ushbu fuqaroning ism-familiyasi o‘zining ruxsatisiz oshkor qilinmaydi. Lekin u Ahad Qayum emas”, deydi Samarqand IIB xodimi.

Ma’lumot uchun, bugun, 4 yanvar kuni yakunlangan auksion savdosida 30 Z 777 ZZ raqami 596 525 000 so‘mga sotildi. Ammo g‘olib bunga qo‘shimcha ravishda 29 993 500 so‘m vositachilik yig‘imini ham to‘laydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан