Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand viloyati IIB masjidlarning birida voyaga yetmagan bola so‘roq qilingani tasvirlangan videoga izoh berdi
27.05.2021 10:58,  
2530

Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda «Paxtachi tumanida IIB xodimlari voyaga yetmagan bolani so‘roq qilishdi» sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan holat 25 may kuni Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni soat 20:30 larda Paxtachi tumani IIB xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tumanning Ziyovuddin shaharchasida joylashgan Xo‘ja-Ziyovuddin jome masjidida reyd o‘tkazilgan.

Tadbir davomida maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan X.A. ismli shaxs 11 nafar (5 nafari voyaga yetmagan) fuqaroga diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy saboq berayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, kelgusida diniy ta’limotlardan saboq berish niyati bo‘lsa, maxsus diniy bilimlarni egallab, qonunlarga asosan, vakolatli diniy organlarning ruxsati asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkinligi tushuntirilgan.

«Ichki ishlar organlari hech kimni diniy bilim olishini cheklamaydi. Yurtimizda diniy bilim olish uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Faqatgina qonunchilikka asosan, belgilangan me’yorlarga amal qilish so‘raladi», – deyiladi viloyat IIB axborot xizmati izohida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан