Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqand viloyatida kuydirgi tarqalgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi
14.10.2021 23:05,  
278

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumani «O‘zbekiston» mahallasidagi Tanishka qishlog‘ida hayvonlar orasida Sibir yarasi — kuydirgi kasalligi tarqalgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ammo bu ma’lumot tasdiqlanmadi, deb xabar berdi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, vaziyat Davlat veterinariya qo‘mitasida tashkil etilgan maxsus shtab tomonidan o‘rganilgan. Olingan namunalar Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazildi. Ularda kasallik qo‘zg‘ovchilar topilmagan.

Sibir yarasi — o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, uning davomiyligi og‘ir kechadi. U qishloq xo‘jaligi, uy va yovvoyi hayvonlarning barcha turlariga yuqishi mumkin, shuningdek, kasallik hayvondan odamga osonlikcha yuqadi.

Tashqi muhitda kasallik qo‘zg‘ovchilari 100 yilgacha saqlanishi mumkinligi bois kasallikning eski o‘choqlari davlat veterinariya xizmati nazorati ostiga olingan.

Sibir yarasi kasalligining mamlakatga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun veterinariya xizmati qishloq xo‘jalik hayvonlarini emlash bo‘yicha profilaktik ishlarni muntazam olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilda Sibir yarasiga qarshi 36,7 mln, 2021 yilda esa 26,4 mln bosh chorva profilaktik emlashdan o‘tkazildi.

Yil oxiriga qadar immunitet faolligi yakuniga yetadigan 10 mln.dan ortiq qoramolda profilaktik emlash o‘tkazilgan.

Yil boshidan beri eski o‘choqlar hamda kasallik alomatlari aniqlanmagan 84,1 ming bosh yirik shohli chorva va qo‘ylar terisidan 3021 ta namuna tekshirildi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан