Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 4 yoshli bola derazadan oshib o‘tdi
22.05.2021 08:24,  
1243

21 may kuni soat 17:15 lar atrofida Samarqand shahrining «Mirzo Ulug‘bek» ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi K.N. 4 yoshli farzandini uyda singlisi bilan yolg‘iz qoldirib, yumushlari bilan ko‘chaga chiqib ketadi.

Bu vaqtida bolakay ko‘chaga deraza orqali chiqishga harakat qilgan va derazadan oshib o‘tgan. Holatni shu yerdagi do‘kon egalari hamda ko‘chadan o‘tayotgan fuqarolar ko‘rib qolib, bolakayni derazadan olib, onasiga sog‘-salomat topshirishgan.

Samarqand viloyati IIB xodimlari K.N. ning yashash uyiga tashrif buyurib, u bilan kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, farzandlariga e’tiborli bo‘lish lozimligi borasida profilaktik suhbat o‘tkazib, ogohlantirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан