Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 40 bosh qo‘y-qo‘zilar o‘g‘irlab ketildi
14.05.2020 20:55,  
357

Samarqand viloyatida 2020 yilning 9 may kuni Narpay tuman IIBga 22 yoshli J.A ariza bilan murojaat qildi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, arizada 7 may kunidan 8 may kuniga o‘tar kechasi “Muqumiy” mahallasida joylashgan xususiy korxonaning yer maydonidagi qo‘yxonadan 40 bosh umumiy narxi 60.000.000 million so‘mlik qo‘y-qo‘zilari o‘g‘irlab ketilgani bildirilgan.

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 39 yoshli X.J., sodir etilganligi aniqlanib, undan J.A., ga tegishli 28 bosh qo‘y-qo‘zilar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan. Jinoyat ishi bo‘yicha X.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан