Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda 726,5 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingan
2.02.2021 13:50,  
182

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Samarqand viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi hamkorligida viloyatda amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jumladan, Samarqand tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlar o‘rganilganda, pudratchi tashkilot rahbarlari smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlarini amalda to‘liq bajarmasdan, ma’lumotlarni qo‘shib yozish orqali 726,5 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, o‘rganishda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash ishlarida 204,5 million so‘m va Samarqand shahridagi 22-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash jarayonida 339,1 million so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar bo‘yicha hujjatlar belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан