Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda bir ayol va erkakning pichoqlab o‘ldirilishini videoga olib tarqatgan shaxslar qamoqqa olindi
24.11.2020 05:16,  
1466

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulg‘angan pichoqni ko‘tarib, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqalgandi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borishgan. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigitlar tomonidan tasvirga olinib tarqatilgani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, IIB xodimlari ushbu fuqarolar bilan aholi orasida bu kabi zo‘ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan paytda ular IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatishgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan va Samarqand shahar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan uchala yigitga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shuningdek, Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-1 va Jinoyat kodeksining 130-1-moddalariga ko‘ra, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangani eslatib o‘tilgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан