Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda bir-biriga tutash bo‘lgan uylarda yong‘in sodir bo‘ldi
22.06.2021 08:20,  
229

Bugun, 22 iyun kuni soat 00:52da Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bog‘ibaland” MFY “Xo‘ja Isoqi Valiy” ko‘chasi 1-uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomashinasi jalb etilgan. Hodisa oqibatida uyning 248 kv.m. maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni  uyning 30 kv.m. maydonida tom qismi yongan. 

Yong‘in soat 01:55da o‘rab olinib, soat 02:53da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘indan uylarning taxminan 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. 

Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab koladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан