Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda bir kechada 9 nafar yengil tabiatli ayol aniqlandi — IIB
30.05.2021 17:03,  
251

26 may kuni o‘tkazilgan tungi reydlar davomida Samarqand shahridagi 5 ta tungi klub faoliyati ko‘zdan kechirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 472 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 6 nafar muqaddam sudlangan shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatildi. 2 nafar jamoat joyida mayda bezorilik sodir etgan shaxsga nisbatan Samarqand shahar JIB sudi tomonidan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, 8 nafar spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar SVND shifoxonasiga joylashtirildi. 9 nafar yengil tabiatli ayollarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. 379 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Shundan, 9 ta mast, 20 ta hujjatsiz, 14 ta oynalari tusini ruxsatnomasiz qoraytirib avtotransport boshqargan hamda 63 ta boshqa turdagi huquqbuzarliklar sodir qilgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан