Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda bitta odamga tegishli 8 ta savdo do‘koni va 5 ta pavilon to‘liq yonib ketdi
9.06.2021 22:47,  
382

2021 yil 24 may kuni tunda Pastdarg‘om tumanidagi “Pastdarg‘om meva-sabzavot” MChJ avtoturargohi hududida joylashgan fuqaro Sh.Umarovga tegishli bo‘lgan yengil konstruksiyali savdo do‘konlar va unga yaqin masofada joylashgan poliz ekinlari sotishga mo‘ljallangan pavilonlarda yong‘in ro‘y bergan — deb xabar tarqatmoqda ’Aniq.uz’.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilganida 120 kv.m maydondagi jami 8 ta savdo do‘koni, 90 kv.m maydondagi 5 dona yengil konstruksiyali pavilonlar va ichidagi mahsulotlar to‘liq yonib ketganligi aniqlangan.

Shu kuni Pastdarg‘om tuman prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha JKning 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari tuman IIB huzuridagi TBda tuzilgan tergovchilar guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Yong‘in sababini aniqlash maqsadida sudga oid yong‘in texnika ekspertizasi tayinlangan.

Tergov jarayonida fuqarolar D.Soatova, A.Agayeva, G.Amirova va boshqalar holat yuzasidan batafsil so‘roq qilinib, 6 nafar fuqarolar jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi sifatida e’tirof etilgan.

Jabrlanuvchilar tomonidan ko‘rsatilgan barcha vajlar tergov davomida har tomonlama o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.

Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан