Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda bo‘sh ish o‘rinlarini yashirgan 135 nafar mansabdor 285 million so‘m jarima to‘ladi
16.01.2021 10:10,  
119

Samarqand viloyatida 2020 yil mobaynida bo‘sh ish o‘rinlarini yashirib kelgan 135 nafar mansabdor 285 million 440 ming so‘m jarima to‘ladi. Bu haqda viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Shahboz Xoliqulov ma’lum qildi.

«Ish beruvchilarning aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishtiroki Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunining 18-moddasida belgilab qo‘yilgan. Ya’ni qonunchilikka ko‘ra, barcha ish beruvchilar hududiy bandlikka ko‘maklashish markazlariga bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi hamda mo‘ljallanayotgan xodimlar ishdan ozod etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak. Ma’lumotlar ish beruvchilarda bo‘sh ish joylari mavjud bo‘lmagan taqdirda ham taqdim etilishi lozim», — deydi Shahboz Xoliqulov.

Mas’ulning ta’kidlashicha, fuqarolar murojaati hamda olib borilgan tahlillar natijasida aksariyat hollarda ish beruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilmasligi ma’lum bo‘lgan. Taqdim qilinadigan ma’lumotlarda esa ko‘p hollarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini ko‘rsatmaslik hamda ish haqi yuqori bo‘lgan lavozimlar ko‘rsatilmasdan, xizmatchi lavozimlarni ko‘rsatish bilan chegaralanish holatlari uchraydi.

Mas’ulning eslatishicha, bo‘sh ish joylarining mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni yashirganligi, shuningdek, bo‘shatilishi mo‘ljallanayotgan xodimlar to‘g‘risidagi axborotlarni mehnat organiga o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun ish beruvchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 229-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solinishi nazarda tutilgan.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан