Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda “Captiva” yonib ketdi
3.08.2021 22:40,  
170

Bu haqda YHXBB xabar berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 3 avgust kuni soat 16:20 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «4-oilaviy poliklinika» avtoturargohida to‘xtab turgan “Captiva” rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан