Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda DXX choyxonada qimor o‘ynayotgan 17 kishini qo‘lga oldi
10.12.2021 13:50,  
179

Samarqand shahridagi choyxonalardan birida qimor o‘yinlari tashkil qilib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda «Daryo»ga Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va shahar ichki ishlar organi xodimlari tomonidan 5 dekabr kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda «Xumo» mahallasi hududida joylashgan choyxonada 17 nafar fuqaro qimor o‘yinlarini tashkil qilib, o‘ynab kelayotgani aniqlangan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida o‘yinni shu mahallada yashovchi X.O. (1958 yilda tug‘ilgan) tomonidan tashkil qilingani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida qimor o‘yini uchun tikilgan 718 ming so‘m pul, 100 dona karta kalodalari topilgan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан