Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda er arazlab ketib qolgan xotinini 31 marta pichoqlab o‘ldirdi
17.03.2021 20:40,  
461

Samarqandlik erkak arazlab opasinikiga ketib qolgan ayolini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturi xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, er-xotin o‘rtasidagi janjalga rashk sabab bo‘lgan. Marhumaning akasi aytishicha, uning singlisi erining zo‘ravonligidan aziyat chekayotganini aytgan. Ayol ushbu masalada bir necha marta mutasaddilardan ham ko‘mak so‘ragan.

«22 oktyabr kuni eri tomonidan kaltaklanganidan keyin opasining uyiga qochib kelgan. Eri uning orqasidan kelgan», — deydi ayolning akasi.

Sudlanuvchi o‘zi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyat fosh bo‘lishini o‘ylab, muqarrar javobgarlikdan qutulish maqsadida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan o‘z joniga suiqasd qilgan. Biroq hodisa joyiga kelib qolgan guvohlarning yordami bilan hayoti saqlab qolingan.

«2019 yil 25 aprel kuni turmush qurgandik. Rashk tufayli kelishmovchilik chiqqan. Qilgan xatomni angladim», — deydi ayblanuvchi.

Sudda aytilgan ko‘rsatmalarga ko‘ra, 33 yoshli ayol 39 yoshli sudlanuvchining 3-turmush o‘rtog‘i hisoblangan. Erkak birinchi xotinidan farzand ko‘rmagani uchun, ikkinchi xotinidan ayol Turkiyaga ketib qolgani uchun ajrashgan.

Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchi Toyloq tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j» bandida nazarda tutilgan jinoyatda aybli deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан