Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagani uchun sobiq xotinini o‘roq bilan shavqatsizlarcha o‘ldirdi
20.04.2021 08:51,  
1307

Samarqand viloyatida sobiq er-xotinning janjali ayolning o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi. 

Aniqlanishicha, kecha, 19 aprel kuni Pastdarg‘om tumanida yashovchi A.B. mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘i Sh.R.ning Samarqand tumani, “Qaynama” MFYdagi uyga farzandini ko‘rishga keladi. Qaynonasi A.G. uni farzandi bilan uchrashishga qarshilik qilganligi oqibatida o‘rtada o‘zaro janjal yuzaga keladi. Janjal davomida A.B. o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan ayolning ko‘krak va bel sohalariga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazganligi oqibatida, u hodisa joyida vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan.  

Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан