Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda ichida yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus yuk mashinasiga urilib, ag‘darilib ketdi (foto)
27.12.2020 21:38,  
696

Bugun, 27 dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida «Isuzu» yuk mashinasi o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan «Isuzu» avtobusini turtib yuborgan. Oqibatda yo‘l trasport hodisasi sodir bo‘lib, avtobus yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Yuk mashinasini Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘ylab 1984 yilda tug‘ilgan C.A. ismli haydovchi boshqarib borayotgan bo‘lgan va u ehtiyotsizlik oqibatida avarida sodir etgan. Ichida 18 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobusni esa 1974 yilda tug‘ilgan B.A. boshqarayotgan bo‘lgan.

Avariya soat 17:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bu vaqtda yo‘l sirpanchiq bo‘lgan. Avtobus ag‘darilgach, uni yana dumalab ketishidan yo‘l chetidagi tut daraxti ushlab qolgan. Yo‘lovchilar avtobusning orqa oynasini sindirib tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Yo‘l chetida ko‘plab mashinalar to‘xtab, odamlar yordamga shoshilgan.

Avtobus ichida 18 nafar yo‘lovchi bo‘lgan va to‘qnashuvdan so‘ng ulardan bir nafari tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlar bu yo‘lovchining ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan. Qolgan 17 nafar yo‘lovchi voqea oqibatida jiddiy zarar ko‘rmagan va ular uyiga kuzatib qo‘yilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан