Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda IIB xodimiga 2 ming dollar pora berishga uringan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
4.02.2021 12:23,  
159

Samarqandda IIB xodimiga 2 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi ochildi. 

Ta’kidlanishicha, 2021 yilning 2 fevral kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani Solpi qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.B. «X» ismli shaxsga olti dona «NGMK SAYaNIT-P 36 mm» nomli portlovchi moddalarni 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida ushbu fuqaro unga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berib, jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik hamda uni jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga IIB xodimiga 2 ming dollar pulni pora tariqasida taklif qilgan.

IIB xodimi fuqaroga bir necha marotaba pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishiga qaramay A.B. keyinroq pulni olib kelishini aytgan. Holat yuzasidan IIB xodimi boshqarma boshlig‘ining nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Bildirgiga asosan 2021 yilning 3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Samarqand viloyat bo‘yicha bo‘limi xodimlari va Qo‘shrabot tumani prokuraturasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro A.B. IIB xodimining xizmat xonasida o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha ishni ijobiy tomonga hal qilish va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga 2 ming dollar miqdoridagi pullarni bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан