Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda IIB xodimining xotini mashinada fuqaroni urib yuborib, qochib ketdi. Piyoda vafot etgan
7.06.2021 18:33,  
398

“Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimi o‘z mashinasida odam urib o‘ldirganligi yashirilmoqdami?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan videolavha yuzasidan  Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 31 mart kuni soat 21:20 larda Payariq tumani “Emalach” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Z.S., turmush o‘rtog‘i (Ishtixon tumani IIB xodimi) X.S. ning nomida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinani Payariq tumanining  "Javsharota" mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida boshqarib kelib, shu yo‘lda ketayotgan D.J. ni urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketgan.  

Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay D.J. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан