Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi
29.06.2020 19:45,  
2532

Samarqand viloyatida 27 iyun, shanba kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

Siam egizaklarining ditsefal turiga mansub bo‘lgan qizlar viloyat perinatal markazida 27 iyun kuni kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo‘l va oyog‘i bor, yuragi, o‘pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan.

29 iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan.

Chaqaloqda nafas va yurak yetishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og‘ir.

Homiladorlikning 21-haftasida qilingan skriningda homilaning nuqsoni borligidan ota-onasi xabar topgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан