Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda ikki qizni fohishalikka jo‘natayotgan erkak ushlandi
10.01.2022 15:36,  
138

Samarqand viloyatida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 yanvar kuni Samarqand viloyati IIBga 3,5 ming dollar evaziga ikki nafar qizni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaro ustidan ariza kelib tushgan.

Ushbu bayonotga ko‘ra, 8 yanvar kuni Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, uning davomida 3,5 ming dollar olayotgan shaxs ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Tayloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан