Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi
16.04.2022 19:37,  
86

Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi, DXX hamda prokuratura organlari hamkorligida Samarqand viloyati hududida korrupsion holatlarni oldini olish bo‘yicha qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan:

Pastdarg‘omda yer maydonini noqonuniy raqishda sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1982 y.t., fuqaro “Saddam Salimov” fermer xo‘jaligi ishchisi, 1992 y.t. shaxs  bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, maxalliy fuqaroga o‘zini tuman hokimligi yuqori lavozimli xodimi deb tanishtirib, fermer xo‘jaligi tasarrufidagi 40 sotix yer maydonini 20.400 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan ushbu mablag‘larni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning
168-moddasi 4-qism bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, Samarqand viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi hamda Departament xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yer sotish jinoyati bilan bog‘liq yana bir tezkor tadbir  Nurobod tumanida o‘tkazildi.

Unda Davlat kadastrlari palatasi Nurobod tuman filiali mutaxassislari pora bilan ushlandi.

Tadbir davomida, Davlat Kadastrlar palatasi Nurobod tuman filiali mutaxasislari, 1991 y.t. va 1992 y.t. shaxslar mahalliy fuqaroga tuman hududidagi 1 gektar yer maydonining 6 sotix qismiga soxta kadastr xujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 2 mln. so‘m miqdordagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yuqoridagi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand IIB boshlig‘i nomiga, ariza bilan murojaat qilgan fuqaro, 2022 yil aprel oyining boshlarida ikki nafar shaxslar bilan tanishib qolganligini, ulardan biriga turmush o‘rtog‘ini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o‘qishga kiritish uchun hujjatlar tayyorlayotganligini aytganida, ular talabalarni boshqa davlatdan O‘zbekistonning oliy o‘quv yuritlariga ko‘chirib berish bilan shug‘ullanishini, turmush o‘rtog‘ini 5.000 AQSh dollari evaziga Ukraina davlatining Universitetida 1-bosqichda o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab, ushbu soxta hujjatlar asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2-bosqichdan o‘qishga qo‘yib berishni va’da berib, oldindan 2.500 AQSh dollarini talab qilib kelayotganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 14 aprel Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, fuqaro X.B. ariza muallifidan 2.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

13 aprel kuni  O‘tkazilgan yana bir tadbirda “Avtomobil va daryo transport agentligi”ning ikki nafar xodimlari Samarqand shahrida litsenziyasiz kirakashlik faoliyati bilan shug‘illanayotgan shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 500 000 so‘m miqdorida pul talab qilib, oldindan 200 000 so‘mini olib, qolgan 300 000 so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish yo‘nalishida Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan hozirda bir qancha tezkor qiziqish uyg‘otuvchi ma’lumotlar olingan bo‘lib, tezkor harakatlar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан