Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Samarqandda MAN yuk mashinasida yong‘in chiqib, 25 tonna polietilen rulon yonib ketdi (video)
13.10.2021 16:52,  
151

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida 12 oktyabr kuni MAN yuk mashinasida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, tumanning «Olmazor» MFYdan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048-kilometrida harakatlanayotgan MAN tirkamali yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tuman FVBga soat 23:38 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida yuk mashina tirkamasiga yuklangan, taxminan, 25 tonna polietilen rulon yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, jabrlanmagan. Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Vazirlikning qayd etishicha, eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa, taxminan, 18 kilometrni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан